O'zbekiston quruvchi firmalari uchun

Ko'chmas mulk sotuvini bitta tizimda boshqaring

MEMARS CRM — quruvchi firmalar uchun sotuv tizimi. Kvartira, ofis, do'kon, parking va omborlar sotuvini liddan kalit topshirishgacha bir joyda yuritasiz.

  1. Lid
  2. Ko'rsatish
  3. Bron
  4. Shartnoma
  5. To'lovlar
  6. Kalit

Imkoniyatlar

Har kuni ishlatiladigan to'rtta asosiy bo'lim. Hammasi bitta bazada, bir-biriga bog'langan.

Shaxmatka

Har bir bino qavatma-qavat: qaysi xonadon bo'sh, qaysi biri bronda yoki sotilgan — bir qarashda.

  • Holat ranglari va filtrlar
  • Qavat rejasi va planirovkalar
  • Narx tiplari va ommaviy tahrir

Kassa

To'lov jadvali shartnomadan avtomatik tuziladi. Qabul qilingan pul jadval qatorlariga o'zi taqsimlanadi.

  • Qarzdorlik va kutilayotgan to'lovlar
  • Xato to'lov o'chirilmaydi — storno qilinadi
  • Mijoz cheki to'lovga biriktiriladi

AI ofis

Marketing, strategiya va ijtimoiy tarmoqlar bo'limlari firmangizning haqiqiy sotuv raqamlariga tayanadi.

  • Kontent g'oyalari va marketing rejasi
  • Kassa prognozi va sotuv surati
  • AI yordamchi — matn va ovoz bilan

Bank ko'chirmasi importi

Bank ko'chirmasini (.xlsx yoki .xls) yuklaysiz, tizim har kirimni shartnoma raqami va to'lovchi ismi bo'yicha moslab beradi.

  • To'lov faqat xodim tasdig'idan keyin yoziladi
  • Kassada kiritilgan to'lov bilan dublikat ushlanadi
  • Bir faylni qayta yuklash ikki marta yozmaydi

Pul va ma'lumot xavfsiz

Tizim sotuv bo'limi, buxgalteriya va rahbariyat birga ishlashi uchun qurilgan.

Har firma alohida

Har bir firmaning ma'lumoti boshqasidan to'liq ajratilgan. Fayllar ham faqat tizimga kirgan xodimga ochiladi.

Rollar va ruxsatlar

Direktor kim nimani ko'rishi va qilishini o'zi sozlaydi. Menejer faqat o'z mijozlarini ko'radi.

Har amal yoziladi

Shartnoma, to'lov va narx o'zgarishlari faoliyat jurnaliga tushadi: kim, qachon, nimani o'zgartirgan.

Aloqa

MEMARS CRM'ni ishlab chiquvchi va yurituvchi tashkilot.

Tashkilot
«BIM TECHNICAL UNIVERSITY» MChJ
STIR
311841324
Manzil
Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo Ulug'bek MFY, Osiyo ko'chasi, 21-uy

Mijozlar uchun

Tizimga ulangan firmalar xodimlari shaxsiy hisobiga shu yerdan kiradi.

Tizimga kirish